
Jamiyat
“Iqtisodiy sharh” jurnali 2024-yil uchun uy-joy bozori sharhini taqdim qildi.
Unga koʻra, 2021–2024-yillarda mamlakatda uy-joy xarid qilish qobiliyati yaxshilangan.
Jumladan, soʻnggi 3 yilda nominal hisobda aholining daromadlari 87 foizga oʻsgan boʻlsa, uy-joy narxlari 44 foizga oshgan. Natijada, xarid qobiliyati ifodalovchi “narx-daromad” koʻrsatkichi 11 yildan 9,9 yilga pasaygan.
Tahlillarga koʻra, ortda qolgan davr mobaynida mamlakat boʻyicha uy-joy xarid qobiliyati eng past boʻlgan hudud Toshkent shahri boʻlgan.
Taʼkidlanishicha, poytaxtda uy sotib olish uchun 14,9 yil kerak boʻladi. 2021-yildan 2023-yilgacha boʻlgan yillar oraligʻida esa bu davriylik 17,8 yilni tashkil qilgan.
Shaxsiy uy-joyga ega boʻlishda keyingi oʻrinlardan Samarqand (13,9 yil) va Navoiy (11,3 yil) viloyatlari joy olgan.
2024-yil holati bilan uy-joy xarid qobiliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida nisbatan yaxshiroq boʻlsa — 7,3–8,4 yil.
Sharhda Qozogʻiston, Rossiya, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonda uy-joy sotib olish muddati ham taqqoslangan:
Quyidagi jadvalda hududlar kesimida soʻngi uch yilda uy-joy sotib olish uchun ketadigan vaqtning oʻzgarishini koʻrishingiz mumkin:
Siyosat
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q