Oʻzbekistonda Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etildi

Saqlash
09:19 / 17.03.2025 131 0

Prezident qarori bilan endilikda Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashi faoliyat yuritadi.

 

Maʼlum boʻlishicha, mazkur tashabbus ayol tadbirkorlarning biznesda faol ishtirok etishiga koʻmaklashish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda huquqiy, moliyaviy va amaliy yordam berish maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

Kengash ayol tadbirkorlarning muammolarini toʻgʻridan-toʻgʻri parlamentga yetkazish vakolatiga ega boʻlib, ularning biznes tashabbuslarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

 

Hujjatga koʻra, kengash tarkibida 27 ta aʼzo boʻladi. Shulardan 21 nafarini tadbirkor ayollar tashkil etadi. Ular tomonidan:

▪️ 2 639 ta yangi ish oʻrni yaratilgan;

▪️ 7,6 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan;

▪️ 402,8 mlrd soʻmlik tovar aylanmasi amalga oshirilgan.

 

Taʼkidlanishicha, ushbu yangilik mamlakatdagi ayol tadbirkorlar uchun katta imkoniyat yaratadi.

 

“Biznes olamida oʻz oʻrnini mustahkamlashni istagan barcha ayollar uchun yangi davr boshlanmoqda!”, deyiladi Savdo-sanoat palatasi xabarida.

 

Maʼlumot uchun, Nozima Davletova kengash raisi sifatida faoliyat yuritadi.

 

Foto: O‘zA

 

U hozirda Prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy taʼminlash boshqarmasi boshligʻi bo‘lib (2023-yildan) ishlab kelmoqda.

 

Quyida kengash aʼzolari bilan tanishishingiz mumkin:

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//