
Jamiyat
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida markaz ekspozitsiyasini boyitish, takomillashtir va xorijiy hamkorlarni jalb etish maqsadida Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan 100 yaqin xorijiy elchixonalar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik missiyalari uchun ekskursiya hamda yigʻilish oʻtkazildi.
Bunda avvalo Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga bagʻishlangan hujjatli film namoyish etildi.
Shuningdek, bino boʻylab tanishtiruv ekskursiyasi ham tashkil etildi.
Shundan soʻng markaz ekspozitsiyasini mazmunini boyitishga qaratilgan loyihalar muhokamasi boʻlib oʻtdi. Ushbu jarayonda Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik missiyalari bilan ham ZOOM orqali muloqot qilindi.
Maʼlumot uchun, mazkur tadbir joriy yilning 11-mart sanasida boʻlib oʻtgan Markaz Vasiylik Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. Eslatib oʻtish lozim, yigʻilishda markaz ekspozitsiyasini boyitish, ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda markazning ijtimoiy-maʼrifiy va ilmiy-amaliy maskan sifatidagi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilin va Vasiylik kengashi tomonidan 9 ta yoʻnalish boʻyicha kichik ishchi guruhlari tarkibi tasdiqlan edi.
Maʼlumotga koʻra, markaz binosining 1730 m2-maydonga ega ikkinchi qavatida xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini, jumladan, UNESCO, ISESCO, IRCICA, TURKSOY, shu bilan birga, Al-Furqan, Oksford islom tadqiqotlari markazi, Turkiya, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlatlarining 100 dan ortiq ilmiy institutlari, muzeylar va kutubxonalari filiallarini joylashtirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, xorijlik hamkorlar bilan markaz muzeyi ekspozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan 300 dan ortiq loyihalarni oʻz ichiga olgan maxsus dastur amalga oshiriladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida markaz faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q