
Jamiyat
Foto: acanela.com
Navroʻz bayrami munosabati bilan Turizm qoʻmitasi tomonidan joriy yilning 20–30-mart sanalarida Oʻzbekistonda “Yoshlar turizmi haftaligi” oʻtkaziladi.
Qoʻmita haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi, talaba va yoshlarni respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishga chorlamoqda.
Xabarga koʻra, “Yoshlar turizmi haftaligi”da respublikadagi joylashtirish vositalari hamda ovqatlanish shoxobchalari tomonidan 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.
Bundan tashqari, “Vaqf” xayriya fondi tomonidan 182 ta ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarga bepul sayohat qilish hamda muzey va ziyoratgohlarga kirish chiptalari uchun 50 foizgacha chegirmalar belgilangan.
Maʼlumot uchun, mazkur haftalik Prezidentning 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻtkazilib kelinmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q