Jamiyat
Aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida Jizzax shahri uchun 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xitoyda ishlab chiqarilgan 30 dona Zhongtong avtobusi viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Jizzax orient trans” XK tomonidan olib kelingan.
Ushbu avtobuslar Jizzax shahridagi uchta yangi yoʻnalishga brutto shartnomasi asosida joylashtirilishi rejalashtirilgan.
107-sonli Zilol MFY — Nurafshon MFY yoʻnalishi;
110-sonli Soʻgʻdiyona MFY — Uchariq MFY yoʻnalishi;
113-sonli Jizzax AShB — Tovar XAB yoʻnalishi.
Taʻkidlanishicha, 2025-yil yakuniga qadar viloyatga yana 60 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q