
Jamiyat
Poytaxt hokimligi chiqindilarni duch kelgan joyga tashlayotgan qoidabuzar fuqarolarga nisbatan choralar koʻrilishini maʻlum qildi.
Hokimlik qayd etishicha, ushbu reydlar huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Hokimlik shaharliklar murojaatlarini diqqat bilan tinglab, poytaxtda tozalikni saqlash uchun qatʻiy choralar koʻrmoqda.
Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotganlarga nisbatan amaldagi maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq jazo choralari qoʻllaniladi.
“Shaharda tozalik va tartib har bir fuqaroning masʻuliyatidir. Biz aholini qoidalarga rioya qilishga, atrof-muhitni hurmat qilishga va ona shahrimizning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqiramiz. Toshkent – barchamizning umumiy uyimiz. Uni birgalikda tozaroq qilaylik”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q