Jamiyat
Toshkent shahar hokimligi shaharda chiqindilarni duch kelgan joyga tashlayotgan qoidabuzar fuqarolarga nisbatan choralar ko‘rilayotgani haqida ogohlantiradi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda chiqindi tashlayotgan qoidabuzarlarga qarshi ommaviy reydlar o‘tkazilmoqda.
"Hokimlik shaharliklar murojaatlarini diqqat bilan tinglab, poytaxtda tozalikni saqlash uchun qat’iy choralar ko‘rmoqda. Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotgan qoidabuzarlarga qarshi ommaviy reydlar o‘tkazilmoqda. Ularga nisbatan amaldagi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq jazo choralari qo‘llaniladi" − deyiladi xabarda.
Hokimlik shaharda tozalik va tartib har bir fuqaroning mas’uliyati ekanini eslatib, aholini qoidalarga rioya qilishga, atrof-muhitni hurmat qilishga va ona shahrining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.
#yangiruhiyat #tabiatniasra
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q