“Ochiqlik va elektron ishtirok” indeksi maʼlum qilindi

Saqlash
11:04 / 12.03.2025 87 0

Respublika va mahalliy ijro etuvchi organlarda raqamli rivojlanish darajasini reyting baholash tizimi 2024-yilning ikkinchi yarim yilliyi boʻyicha maʼlumotlarni qayd etdi.

 

Mazkur monitoring 44 ta davlat boshqaruv organlari, 33 ta xoʻjalik boshqaruv organlari hamda 14 ta hokimliklarning “Ochiqlik va elektron ishtirok” indeksi boʻyicha baholagan.

 

Natijalarga koʻra, Davlat boshqaruvi organlari orasida Bojxona qoʻmitasi axborot xavfsizligi, ochiqlik va elektron ishtirok, elektron davlat xizmatlari, faoliyatning raqamlashtirilganligi indeksi hamda tashkiliy masalalar boʻyicha eng yuqori koʻrsatgichlarni qayd etgan.

 

 

23 nafar yuqori koʻrsatgichga ega davlat boshqaruv organlari orasidan Soliq qoʻmitasi, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi, Davaktiv agentligi, IIV, Turizm qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank kabilar ham oʻrin olgan.

 

 

Raqobat qoʻmitasi, Konteksnazorat, Texnik tartibga solish agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi, Kinematografiya agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi boʻlsa tegishli kriteriyalar boʻyicha talablarga deyarli javob bermagani uchun qizil rang bilan roʻyxatning eng pastki oʻrinlaridan joy olgan.

 

 

 

Xoʻjalik boshqaruv organlari orasida Navoiy KMK AJ, Oʻzkimyosanoat, Oʻztransgaz va bir qator tijorat banklari yuqori oʻrinlarda qayd etilgan. Toshshahartransxizmat AJ, Milliy bank, “Uzbekistan Airports” AJ va Oʻzbekiston temir yoʻllari kabilar oʻrta darajada baholangan boʻlsa, Hokimliklar orasida Namangan viloyati hokimligi eng yuqori darajada baholangan. Shuningdek, Toshkent shahri, Samarqand, Navoiy, Toshkent, Fargʻona, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Jizzax viloyati hokimliklari ham yashil indikatorda. Buxoro, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirlar kengashlari sariq, yaʼni oʻrtacha deb baholangan. Andijon viloyati hokimligi boʻlsa, qizil koʻrsatgichda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//