Taomnomani davlat tilida taqdim qilmagan ovqatlanish maskaniga chora koʻrildi

Saqlash
14:31 / 11.03.2025 146 0

Taomnomani oʻz tilida taqdim qilmagani uchun Navoiy shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “NAVOIY-SAXOVAT MANZILI” MCHJga tegishli umumiy ovqatlanish maskaniga nisbatan tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, Fuqaro E.N. ushbu ovqatlanish joyida isteʼmolchilar huquqlarini cheklash holatlari mavjudligi sababli tegishli chora koʻrish yuzasidan Raqobat qoʻmitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilgan.

 

Oʻrganishlar natijasi ushbu manzilda bir qator kamchiliklar aniqlangan. Jumladan, isteʼmolchilar uchun MCHJning toʻliq nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda ushbu maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod, ish rejimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va mahsulotlarda narxnomalar qoʻyilmaganligi, shuningdek, umumiy ovqatlanish mahsulotlarining tayyor taomlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar isteʼmolchiga davlat tilida taqdim etilmaganligi oydinlashgan.

 

Kuzatilgan holatlar asosida hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “NAVOIY-SAXOVAT MANZILI” MCHJga nisbatan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish Qoidalari” talablari buzilishi alomatlari bilan ish qoʻzgʻatilib, qonunbuzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berilgan.

 

Bundan tashqari MCHJ masʼuliga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//