Hafta davomida harorat +22 darajagacha koʻtariladi

Saqlash
11:49 / 11.03.2025 135 0

Oʻzgidromet 11-14-mart kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, joriy haftada Oʻzbekiston boʻyicha iliq va asosan quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

 

Faqat Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga esa Surxondaryo viloyatining baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

 

Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

 

Havo harorati asosan kechalari +4– +9 daraja iliq, kunduz kunlari +17– +20 daraja iliq, ayrim joylarda +22 daraja iliqqacha boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida 11-12-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 13-14-martda esa yogʻingarchilik kutilmaydi.

 

Toshkent shahrida bugun va ish haftasining oxirigacha yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan oʻrtacha tezlikkacha esadi. Harorat kechalari +6– +9 daraja iliq, kunduz kunlari +17– +20 daraja iliqqacha boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//