Jamiyat
Foto: Internet tarmog‘idan olindi
Prokuratura organlari va Madaniy meros agentligi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatidagi XIX-XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlanganligi hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz taʼmirlanganligi oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlandi.
Xususan, Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd, Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji Oʻrinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan (jami 36,6 mlrd soʻm).
Bundan tashqari, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz taʼmirlangan. Natijada unga 10,2 mlrd soʻmlik zarar yetgan.
Bosh prokuratura aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, nazorat tadbirlari davom ettirilayotganini maʼlum qildi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74535
Jamiyat
//
Izoh yo‘q