Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtgan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash yigʻilishida Oʻzbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etildi deb xabar derdi Dunyo AA.
Xabarda aytilishicha, davlat rahbari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tanqid qilgan. Jumladan, majlis davomida agentlik faqat statistik maʼlumotlar bilan shugʻullanishi va huquqbuzarliklarning oldini olishga eʼtibor qaratmasligi taʼkidlangan.
Prezident korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga masʼul boʻlim xodimlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berib oʻtgan.
Maʼlum boʻlishicha, mamlakatda korrupsiyaga oid jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallalarda kuzatilgan. Shu munosabat bilan, Bosh vazir Abdulla Aripovga 117 ta vazirlik va davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha masʼul mutaxassislarni ishdan boʻshatish boʻyicha topshiriq berilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109716
Jamiyat
94097
Jamiyat
89881
Jamiyat
73080
Jamiyat
//
Izoh yo‘q