
Jamiyat
Jamiyat
Oliy sud 2024-yilda Oʻzbekistondagi sudlarda koʻrib chiqilgan jinoiy va maʼmuriy ishlar boʻyicha tahliliy statistikani maʼlum qildi.
Unga koʻra, oʻtgan 1 yillik davrda jami 61 481 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilgan. 77 995 nafar shaxs esa sudlangan. Mazkur raqam soʻngi 5 yillikdagi eng yuqori koʻrsatgich hisoblanadi. Jumladan, oxirgi eng yuqori natija 2023-yilda kuzatilgan boʻlib, unda 58 418 ta ish koʻrilib, 73 797 nafar shaxs sudlangan edi. Oradan 1 yil oʻtib esa bu raqamlar 3063 ta jinoyat ishi va 4198 nafar sudlagan shaxsga ortgan.
Maʼlumotga koʻra, birinchi instansiya sudlarida eng koʻp jinoyat ishi koʻrib chiqilgan Toshkent shahri boʻlgan(9 886 ta ish). Shuningdek, poytaxt sudlanganlar soni boʻyicha ham yetakchi boʻlgan – 12 038 nafar. Keyingi oʻrinda Toshkent viloyati joy olgan(7 963 ta ish, 10 238 nafar sudlangan kishi). Eng salbiy uchlikni Fargʻona viloyati yakunlagan(8 077 ta ish, 9 520 nafar sudlangan shaxs).
Jazo tayinlanib, hukm chiqarilgan hamda shartli hukm qilingan shaxslar boʻyicha ham Toshkent shahri yetakchi – 9 211 nafar.
Hududlar kesimida qasddan odam oʻldirish holatlari Toshkent viloyati (57 ta), nomusga tegish holatlari Samarqand viloyatida (38 ta), bosqinchilik va talonchilik holatlari Toshkent shahrida (117 ta va 260 ta) eng koʻp kuzatilgan.
2024-yilda sudlangan 77 995 nafar shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra, 40 foizi – ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, 25 foizi – uncha ogʻir boʻlmagan, 29 foizi – ogʻir, 5 foizi oʻta ogʻir jinoyatlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Ayollarga nisbatan zoʻravonlik va tazyiq oʻtkazish bilan bogʻliq jinoyat ishlari eng koʻp Fargʻona viloyatidagi sudlarda koʻrib chiqilgan – 456 ish, 528 nafar sudlangan shaxs. Achinarlisi, ushbu sudlar tomonidan koʻrib chiqilgan jinoyat ishlarida 18 yoshgacha boʻlgan 188 nafar ayol jabrlangan sifatida qayd etilgan. Jami hisobda esa Fargʻona viloyatida sodir etilgan jinoyatlardan 504 nafar xotin-qiz jabrlangan.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan koʻrilgan jinoyat ishi hamda iltimosnomalar boʻyicha statistik maʼlumotga qaralsa, 2024-yilda voyaga yetmaganlarning sudlanish darajasi ortganini koʻrish mumkin – 2 214 nafar sudlangan shaxs (2023-yil bilan solishtirilsa, koʻrsatgich 303 nafar sudlangan voyaga yetmagan shaxsga ortgan).
Ushbu shaxslarning 386 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan (2023-yilda 260 nafar).
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q