
Jamiyat
Oʻzgidromet 7–10-mart kunlarida kutilayotgan ob-havo maʼlumotni taqdim qildi.
Unga koʻra, bugun kechga tomon markaziy viloyatlarning ayrim joylarida yomgʻir qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati kechasi +2– +5 daraja iliqqacha pasayadi.
Ertaga, 8-mart kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
9-10-mart kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi.
Havo harorati kunduz kunlari +13– +18 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Respublikaning togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. 7-8-mart kunlari baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkent shahrida bugun kechga yaqin qisqa muddatga yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +3– +5 daraja iliqqacha pasayadi. Shamol tezligi 12–15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ertaga, 8-martda kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat +10– +12 daraja iliq boʻladi.
9-10-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +3– +6 daraja iliq boʻladi, kunduz kunlari +14– +17 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q