Oʻzbekistondagi TOP-35 rahbar ayol roʻyxati eʼlon qilindi

Saqlash
12:34 / 07.03.2025 699 0

“Yuksalish” harakati tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar rivojiga salmoqli hissa qoʻshayotgan, sohalarda muhim vazifalarni bajarib kelayotgan rahbar ayollarning yillik ro‘yxati yangilandi.

 

Taʼkidlanishicha, bu safar roʻyxat shakllantirishda ekspertlar tomonidan 300 nafardan ortiq nomzod faoliyati tahlil qilingan boʻlib, reyting ularning kasbiy yutuqlari, faoliyat tarmoqlarini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi, shuningdek, ijtimoiy faolligi tahlili asosida tuzilgan.

 

Ro‘yxatga kirgan ayollar turli sohalarda faoliyat yuritadi. Jumladan, Prezident Administratsiyasi tizimida – 5 nafar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida – 3 nafar, Senatda – 2 nafar, Vazirlar Mahkamasida – 6 nafar, mahalliy boshqaruv tizimida – 4 nafar, qoʻmitalar, idoralar va markazlarda – 8 nafar, prokuratura organlarida bir nafar, taʼlim sohasida – 3 nafar, moliya sohasida – 2 nafar, inson huquqlarini himoya qilish sohasida – 2 nafar vakil.

 

 

Maʼlum boʻlishicha, hozirgi vaqtda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizga yetgan. Oʻzbekistonlik olimlarning 48 foiz ulushini ayollar tashkil qiladi. Bundan tashqari, 17 nafar ayol “Oʻzbekiston Qahramoni” degan oliy unvonga sazovor boʻlgan.

 

Maʼlumot uchun, Jahon banki tomonidan eʼlon qilingan indeksda Oʻzbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//