Sirdaryoda “Ma’naviyat va ma’rifat” maskanlari ish boshladi

Saqlash
16:22 / 01.01.2022 1119 0

Yangi yil arafasida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani va Yangiyer shahrida “Ma’naviyat va ma’rifat” maskanlari foydalanishga topshirildi.

 

Mazkur maskanda kutubxona, o‘lkashunoslik muzeyi, rasmlar ko‘rgazmalari faoliyat ko‘rsatadi. Bu yerda to‘garaklar tashkil etish, kitobxonlik bayramlari, turli ko‘rik-tanlov va konsert dasturlari, teatr va kino namoyishi uchun ham qulay sharoitlar yaratilgan.

 

– Ma’naviyat maskani tadbir o‘tkazib, odamlarga sovg‘a tarqatadigan tashkilot emas, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari Murodjon Hayitov. – Bilasizmi, bugungi kunda odamlarning qalbiga yo‘l topish, ularning hayotda rozi yashashlari, mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni targ‘ibot qilish, odamlarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, boy qadimiy milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizga hurmat hissini yuksaltirish, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh milliy g‘oyamiz atrofida butun xalqni birlashtirishdek muhim vazifalarimiz borligini biz, ma’naviyatchilar qalbdan his etmog‘imiz lozim.

 

Maskanda “Har bir nuroniy – besh nafar yoshga murabbiy”, “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy”, “Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi” kabi tamoyillar bo‘yicha maqsadli tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//