Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha 65 pogʻonaga yuqoriladi

Saqlash
11:32 / 07.03.2025 565 0

“Ookla” tashkiloti Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda mobil internet tezligi boʻyicha katta koʻrsatkichlarga erishganini qayd etdi, deb xabar berdi Raqamli texnologiyalar vazirligi.

 

Maʼlum boʻlishicha, 2025-yil yanvar holatiga koʻra, mamlakat Speedtest Global Indexʼda 68-oʻringa koʻtarilgan. Oʻzbekiston 2020-yilda mazkur reytingda 133-oʻrinda edi. Shu hisobda, mamlakat internet tezligi soʻngi 4-yilda 65 pogʻonaga yuqorilagan.

 

Maʼlumot uchun, “Ookla” global internet tezligini oʻlchash va tahlil qilish bilan shugʻullanadigan yetakchi tashkilot hisoblanadi. U 2006-yilda tashkil etilgan boʻlib,Speedtest platformasi orqali butun dunyo boʻylab foydalanuvchilarga internet tezligini tekshirish imkonini beradi.

 

Tashkilot har oy Speedtest Global Index reytingini yangilab, dunyodagi mobil va simli internet tezliklarini taqqoslab boradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 243
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//