1 kg oshga necha soʻmlik masalliq ketadi?

Saqlash
10:08 / 07.03.2025 297 0

Statistika qoʻmitasi viloyatlar kesimida hozirgi kunda oshga ketadigan masalliqlarning hisoblangan qiymatini eʼlon qildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, 1 kg osh damlash uchun eng koʻp xarajat qilinadigan hudud Toshkent shahri hisoblanadi. Poytaxtda 1 kg osh uchun 103 ming 894 soʻm sarflanadi.

 

Fargʻona viloyati 14 ta hudud ichida 2-oʻrindan joy olgan boʻlib, fargʻonaliklar 1 kg osh damlash uchun 103 ming 771 soʻm xarajat qiladi.

 

Palov damlashda eng koʻp pul ishlatadigan 3-hudud bu Toshkent viloyati boʻlib, u yerda 102 ming 654 soʻmga 1 kilogrammlik osh pishadi.

 

Kuchli toʻrtlikni Samarqand viloyati yakunlagan. Samarqandliklar 1 kg palov uchun 101 ming 684 soʻm ishlatadi.

 

Kam pul sarflab, osh damlaydigan hudud Qoraqalpogʻiston Respublikasi hisoblanar ekan. U yerda 1 kg osh uchun 89 ming 523 soʻm xarajat qilinadi.

 

Maʼlumot uchun, qoʻmita 1 kg osh uchun ketadigan mablagʻni quyidagi mahsulotlar va ularning miqdoriga qarab hisoblagan:

▪️ kungaboqar yogʻi – 300 ml;

▪️ piyoz – 300 gr;

▪️ mol goʻshti – 700 gr;

▪️ sabzi – 1 kg;

▪️ guruch(lazer) – 1 kg;

▪️ Noʻxat – 100 gr;

▪️ zira – 10 gr;

▪️ osh tuzi – 20 gr.

 

Quyida umumiy jadval keltirilgan:

 

Quyida keltirilgan jadvalda esa oshga ketadigan masalliqlarning 1kg hisobida narxlari koʻrsatilgan:

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//