Toshkent metropoliteniga favqulodda chaqiruv tugmalari oʻrnatilmoqda

Saqlash
17:50 / 06.03.2025 444 0

 

Toshkent metropoliteniga favqulodda chaqiriq tugmalarini oʻrnatish boshlandi. Bu haqda “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturida aytib o‘tildi.

 

Koʻrsatuvda qayd etilishicha, fuqarolarning xavfsizligini taʻminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida metropoliten hududida chaqiruv tugmalari oʻrnatilmoqda.

 

“Fuqarolar ushbu tugmani bosish orqali metropoliten xodimlari bilan bogʻlanib, huquqbuzarlik toʻgʻrisida xabar berishi yoki yordam soʻrashi mumkin”, — deya taʻkidlagan IIV transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʻminlash departamenti matbuot kotibi Azamat Axmatov.

 

Mutasaddining qoʻshimcha qilishicha, metrodagi videokamera va dinamiklar yordamida xodimlar murojaatchi bilan audio-videoaloqa oʻrnatadi. Barcha maʻlumotlar avtomatik ravishda tizimda qayd etiladi. Bu yoʻlovchilarning murojaatlariga tezkor javob qaytarish imkonini beradi.

 

Xodimlar tomonidan tun-u kun tahlil markazining metro bekatlariga oʻrnatilgan videokuzatuv kameralari orqali kelib tushayotgan xabarlarni aniqlash, tezkorlik bilan bartaraf etish va shubhali koʻringan yoʻlovchilarning xatti-harakatlari kuzatib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 243
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//