
Jamiyat
Raqobat qoʻmitasi olib borgan oʻrganishlardan soʻng Wizz Air aviakompaniyasi Oʻzbekistonga reyslarida mijozlarga oʻzbek tilida xizmat koʻrsatishni taʻminlaydigan boʻldi.
Qoʻmita matbuot xizmatining maʻlum qilishicha, havo transportida xavfsizlik qoidalari hamda maʻlumotlar barcha yoʻlovchilar uchun aniq va tushunarli berilishi muhim. Uchish davrida xavfsizlik qoidalari haqidagi maʻlumotlar xorijiy tilda berilishi yoʻlovchilarda tushunmovchilik yoki qiyinchilik paydo qiladi.
Raqobatni rivojlantirish va isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Rasul Kusherbayevning Samarqand – Abu Dabi yoʻnalishi bilan Wizz Air aviakompaniyasi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlardan foydalanganda aynan shunday muammoga duch kelgani yuzasidan qoldirgan murojaatini koʻrib chiqdi.
Oʻrganishlar natijasida aniqlanishicha, murojaatchining uchish davrida aviakompaniyaning ekipaj aʻzolari tomonidan xorijiy tilda xavfsizlik qoidalari haqida maʻlumot berilgan, bu qoidalarni oʻzbek va rus tillarida tushuntirib berish soʻralganida xodim unga nisbatan qoʻpol muomalada boʻlgan, bortni tark etishni talab qilgan va shu tarzda fuqaro mazkur reysda Abu Dabiga yetib borgan.
Qoʻmita tomonidan Transport vazirligiga oʻrganishlar yuzasidan soʻrov xati yuborilgan. Natijada oʻzboshimchalik bilan xatti-harakatlarni amalga oshirgan mazkur aviakompaniya xodimlariga nisbatan chora koʻrildi. Yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilishda yuzaga kelgan kamchilik va xatolarni bartaraf etish maqsadida ekipaj aʻzolariga parvozlar xavfsizligini taʻminlash, muomala madaniyati, har bir mamlakatning parvozga aloqador qonunlari va tartib-taomillari hamda aviayoʻlovchilarni hurmat qilish boʻyicha trening kurslari yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, aviakompaniya 2025-yilda Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatuvchi har bir havo kemasida bort kuzatuvchi va xizmat koʻrsatuvchi personallar oʻzbek tilida faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyishi taʻminlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q