
Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti 5-mart kuni mamlakatda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Gruziya bosh vaziri davlat rahbariga Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvilining salomini yetkazdi. Shundan soʻng savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Parlamentlar va hukumatlar darajasidagi aloqalar faollashgani alohida qayd etildi. 2024-yilda oʻzaro tovar ayirboshlash 50 foizga oshdi, qoʻshma korxonalar soni va yuk aylanmasi hajmi koʻpaydi.
Poytaxtlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviareyslar yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekistonda gruziyalik investorlar ishtirokida tashkil etilgan raqamli bank faoliyat yuritmoqda. Gumanitar yoʻnalishda oʻtgan yili Tbilisi shahrida Oʻzbekiston madaniyati va kinosi kunlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Suhbatda shu kunlarda Toshkent shahrida oʻtgan hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi yakunlari yuqori baholandi. Tovar ayirboshlash surʻatini saqlab qolish, eksport va import mutanosibligini taʻminlash, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, ikki mamlakat hududlarini iqtisodiy hamkorlikka faol jalb qilish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashgan choralar koʻrish muhimligi qayd etildi.
Raqamlashtirish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi sheriklik va almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʻtibor qaratildi.
Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida kelgusida Oʻzbekiston va Gruziya hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q