"Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, ichki ishlar va soliq shugʻullanmaydi" – Prezident

Saqlash
12:13 / 05.03.2025 178 0

Korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishda Prezident Soliq idoralari xodimlari har bir mahallaga biriktirilgani bilan tushumlar keskin oshmaganini qayd etdi.

 

Minglab korxona hisobotlarida birorta ham xodim yoʻq deb koʻrsatgan. Yana minglab korxona 2 yoki 1 nafar ishchi koʻrsatgan. Bu soliq idoralari yashirin iqtisodiyot bilan sust ishlayotganidan dalolat ekani taʼkidlandi.

 

Insofli tadbirkorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi 7 kun ichida qaytarib berilishi belgilangan. Biroq, soliq rahbarlari tadbirkorlarning 487 milliard soʻmlik 2,5 mingga yaqin murojaatini oʻz vaqtida koʻrib chiqmagan.

 

“Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, ichki ishlar va soliq shugʻullanmaydi”, – dedi Prezident.

 

Ularning oʻrniga endilikda Bosh vazir oʻrinbosarlari oʻziga tegishli sohalar bilan oʻz kuchi va tizimi bilan shugʻullanishi belgilandi.

 

Kambagʻallik, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik boʻyicha islohotlar har bir insonga yetib boradigan ish tashkil etilmoqda. Endi bu ish uslubi tuman va mahallada jinoyatchilikni jilovlash, korrupsiyani oldini olish boʻyicha ham joriy qilinadi.

 

“Nima uchun buni aytyapman? Chunki, jinoyatchilik jilovi mahkam boʻlgan, xavfsiz joyga investor koʻproq mablagʻ kiritadi, odamlarimizning ishonchi yanada ortadi”, – dedi Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//