“Nega bu ishlar Prezident topshiriq berganidan keyin boshlanishi kerak?” – Shavkat Mirziyoyev Korrupsiya agentligi faoliyatidan mutlaqo norozi

Saqlash
11:39 / 05.03.2025 264 0

Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishda prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatidan mutlaqo norozi ekanini bildirdi. Agentlik xodimlari vazirliklarga, hududlarga borib, aniq bir sohani tahlil qilib, muammolarga yechim berish oʻrniga, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlarini sanaydigan quruq statist boʻlib qolgani qayd etildi.

 

Shavkat Mirziyoyev shuningdek, agentlik rahbariyati korrupsiya holati eng koʻp boʻlgan tuman sogʻliqni saqlash, bandlik boʻlimi yoki bank filialiga borib, holatni oʻrganmagani, yangi zamonaviy tizim boʻyicha taklif bermagani koʻrsatib oʻtildi. Ushbu sohalarning bevosita rahbarlarining oʻz tizimini “korrupsiyadan xoli” qilish ishlari sustligi tanqid qildi.

 

Prezident topshirigʻi bilan investitsiya dasturlari ustidan nazorat kuchaytirilganidan keyin oʻtgan yilni oʻzida 3 trillion soʻm iqtisod boʻldi. Yoki sogʻliqni saqlash tizimida “Situatsion markaz” ishga tushirilgani hisobiga 2024-yilda 1,2 trillion soʻmlik maqsadsiz xarajatlarning oldi olindi.

 

“Lekin, nega bu ishlar Prezident topshiriq berganidan keyin boshlanishi kerak?” - dedi davlat rahbari.

 

Parlamentdagi byudjet qoʻmitalarida ham har yili byudjetdan eng koʻp mablagʻ oladigan 3 ta vazirlikka borib, korrupsiyaviy omillarni aniqlashda va oʻzgarish qilishda tashabbuskorlik yetishmayotgani qayd etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//