
Jamiyat
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Faol hayot” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida “Faol hayot”ga biz bilan birga qadam tashlang” shiori ostidagi ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi. Unda haftaning uch kunida “Nuroniylar maskani”da ikkitadan to‘garak tashkil etilishi rejalashtirilgan.
“Faol hayot” loyihasi keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy sog‘lomlashtirish, ruhiy salomatligini mustahkamlash, hayotiy tajribalari bilan bo‘lishish hamda muloqot maydonlarini shakllantirishga qaratilgan.
Loyihada 18 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar hamda nafaqa yoshidagi keksalar ishtirok etishi mumkin.
Loyiha quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
“Nuroniylar maskani”ga o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni olib borish va olib kelishda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan hamrohlik xizmati ko‘rsatiladi.
Mazkur loyiha keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatda faol ishtirok etishga, ularning salomatligini va ruhiy holatini yaxshilashga, shuningdek, ijtimoiy integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q