Harbiy xizmatga chaqiruv qogʻozi endilikda onlayn taqdim qilinishi mumkin

Saqlash
18:32 / 04.03.2025 154 0

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

 

Maʼlumki, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 73 turdagi maʼlumotnoma va hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilingan. Buning oʻrniga davlat organlarining oʻzi “Elektron hukumat” platformasidan mazkur turdagi maʼlumotlarni yuklab oladi.

 

Endilikda harbiy xizmatga majburlarni harbiy roʻyxatga kiritish va undan chiqarish tizimi ham raqamlashtiriladi.

 

Mazkur jarayonda davlat organlari va boshqa tashkilotlar harbiy roʻyxatda turgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Mudofaa vazirligiga axborot tizimlaridan foydalangan holda taqdim etadi. Shuningdek, harbiy hisob ishlari ham yanada takomillashtiriladi.

 

Yuqorida muhokama qilingan qonun loyihasi bilan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunga shu koʻrinishdagi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Bundan maqsad aholiga qulay va oson shaklda davlat xizmatlarini koʻrsatish koʻlamini kengaytirish, fuqarolar sarson boʻlishining oldini olishdir.

 

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//