
Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga muvofiq, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 3–10-mart kunlari Oʻzbekistonda “Ayolga ehtirom” haftaligi oʻtkaziladi. Bu haqda “Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusidagi brifingda maʼlum qilindi.
Haftalik doirasida:
▪️ Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan jamiyat rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan xotin-qizlarni “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi;
▪️ Uzoq yillar vazirlik va idoralarda ishlab fidoyilik, vatanparvarlik, ibrat namunasini koʻrsatib xizmat qilgan nuroniy onaxonlar, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” hamda muzeylar, tarixiy maskanlar, obidalar, ziyoratgoh va qadamjolar, teatr, konsert, kino, koʻngilochar maskanlarga imtiyozli asosda tashriflari;
▪️ Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan turli kitob va risolalar taqdimotlari;
▪️ Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Ona — oilamiz timsoli, mehr bulogʻi” mavzusida insholar tanlovi;
Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar ishtirokida “Ayolni eʼzozlash – ezgulik va adolat mezoni”, “Ona – mehr bulogʻi”, “Men onam bilan faxrlanaman”, “Yurt taraqqiyotiga mening hissam” mavzularida fleshmob va chellenjlar;
▪️ “Doim eʼtibordasiz!” shiori ostida “Tibbiyot avtobuslari” tashkil etiladi va mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik;
▪️ Vazirliklar va idoralarda, korxona va tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan xotin-qizlar oʻrtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etiladi.
Shuningdek, haftalik doirasida “Nazm gulshani”, “Qalam sehri”, “Onajonlar moʻtabar”, “Milliy raqs – munavvar qadriyat” mavzusida koʻrik-tanlovlar, “Matonat timsollari” mavzusida muloqot uchrashuvlari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, mahorat darslari, seminar-treninglar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q