
Jamiyat
2024-yilda Oʻzbekiston aholisi dori vositalariga jami 19,7 trln soʻmdan ortiq mablagʻ sarflagan. Shundan 15,7 trln soʻmdan koʻprogʻi import preparatlar hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, qolgan 4 trln soʻmiga mahalliy ishlab chiqarilgan preparatlar sotib olingan.
Sarflangan umumiy qiymat agar aholi jon boshiga nisbat qilib hisoblansa, eng yuqori xarajatlar Toshkent shahri hududiga toʻgʻri keladi – 1 mln 700 ming soʻm. Keyingi oʻrinlardan Buxoro(746 ming soʻm) va Samarqand(660 ming soʻm) viloyatlari joy olgan.
Dori uchun eng kam xarajat qilgan viloyatlari esa quyidagilar:
▪️ Qashqadaryo viloyatida – 308,9 ming soʻm;
▪️ Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 302,3 ming soʻm;
▪️ Surxondaryo viloyatida – 289,5 ming soʻm.
Jami hisobda, oʻtgan yilda dori vositalari uchun eng katta xarajatlar Toshkent shahrida kuzatilgan – 5 trln soʻm. Samarqand viloyati esa 2-oʻrinda – 2 trln 600 mlrd soʻm.
Sirdaryo viloyati aholisi bu roʻyxatda dori uchun kam pul ishlatgan – 442 mlrd 500 mln soʻm.
Taʼkidlanishicha, bunday axborotlar soliq organlarining maʼlumotlar bazasida nafaqat viloyatlar, balki har bir tuman va mahalla kesimida shakllanadi.
Fiskal cheklar maʼlumotlari tahliliga koʻra, eng koʻp mablagʻ quyidagi kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan dori vositalariga sarflangan:
1. yurak-qon tomir kasalliklari;
2. infeksion kasalliklar;
3. ogʻriq qoldiruvchi vositalar;
4. asab tizimi kasalliklari;
5. oshqozon-ichak kasalliklari.
Maʼlumot uchun, respublika boʻyicha 8 575 ta dorixona roʻyxatga olingan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q