
Siyosat
2-mart kuni Los-Anjelesda 97-Oscar mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Unda rejissor Shon Beykerning Anora filmi 4 ta haykalchani qoʻlga kiritdi.
Koʻpchilik kutgan “Konklav” va “Substansiya” filmlari esa bittadan Oscarʼga ega boʻldi.
Mukofot gʻoliblari quyida:
“Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi rejissorlik ishi” – “Anora”;
“Eng yaxshi aktyor” – Edrian Broudi, “Brutalist”;
“Eng yaxshi aktrisa” – Mayk Medison “Anora”;
“Eng yaxshi ikkinchi darajali erkak roli” – Kiran Kalkin, “Haqiqiy ogʻriq”;
“Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol roli” – Zoya Saldana, “Emilya Perez”;
“Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” – Piter Stroxan, “Konklav”;
“Eng yaxshi ssenariy” va “Eng yaxshi montaj” – Shon Beyker, “Anora”;
“Eng yaxshi toʻliq metrajli animatsion film” – “Oqim” (Straume);
“Eng yaxshi grim va soch turmaklari” – “Substansiya”;
“Filmdagi eng yaxshi qoʻshiq” – “El Mal”, “Emilya Perez”;
“Eng yaxshi qisqa-metrajli hujjatli film” – “Orkestrdagi yagona qiz”;
“Eng yaxshi hujjatli film” – “Boshqa yer yoʻq”;
“Eng yaxshi ovoz” va “Eng yaxshi vizual effektlar” – “Dyuna”;
“Eng yaxshi qisqa-metrajli film” – Men robot emasman” (“I Am Not A Robot”);
“Eng yaxshi operatorlik ishi” va “Eng yaxshi original saundtrek” – “Brutalist”;
“Eng yaxshi xorijiy” – “Men hali shu yerdaman” (“I Am Steel here”);
Bulardan tashqari Oscar’ning maxsus mukofotlari ham topshirildi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q