
Madaniyat
Zamonaviy Ozarboyjon adabiyotining taniqli shoiri, turkiy dunyoning ardoqli ilm-fan arbobi, professor Mahira Nag‘iqizi (Huseynova)ning “Onamning kitobi” nomli she’r va hikoyalar to‘plami nashrdan chiqdi.
“Rang-barang mavzularni qamrab olgan ushbu kitobda muallifning his-tuyg‘ulari va fikrlari diqqat markazida turadi. Ushbu kitobda ham tarix bor, ham zamonaviylik. Biroq muallif o‘z hissiyotlarida turkiy muhabbatni ustuvor saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Kitob o‘quvchida ona mehrining bebaho ekani haqida fikr uyg‘otish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Menimcha, bu kitob shu bilan birga Onaga qo‘yilgan haykal hamdir”, deydi professor Elman Quliyev.
Kitobda Mahira Nag‘iqizining muhabbat va hissiyotlari orasida “Nozli ona” mehri asosiy o‘rinni egallaydi. Mahira Nag‘iqizi ijodida, ayniqsa, onasi Nozli onaga bag‘ishlangan she’rlar ustunlik qiladi. Ushbu she’rlarda onani yo‘qotishning og‘riq va alamlari, shuningdek, onalik muhtashamligi aks etgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q