
Jamiyat
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Shodmon Otabek 79 yoshida vafot etdi.
Maʼlumot uchun, yozuvchi 1946-yili Andijon viloyatining Shirmonbuloq qishlogʻida tugʻilgan. 1969-yilda Hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy universitetni bitirgan.
U respublika radiosida, Oʻzbekiston Milliy kinokompaniyasida, Toshkent Davlat madaniyat institutida, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida xizmat qilgan. 1992-yildan 2003-yilgacha “Xabar” gazetasida bosh muharrir boʻlgan.
Turli yillarda yozuvchining “Mirzakalon Ismoiliy” (1978), “Yaproqdagi nur” (1979), “Odamiylik sinovlari” (1986), “Eng baxtli kun”, “Qorboʻron”, (1988, 2009), “Shaxmat abadiydir” (1990), “Shirmonbuloq oqshomlari” (1995) kabi kitoblari, shuningdek, “Yaxshi kunlarda koʻrishaylik”, “Birkam dunyo” qissalari chop etilgan. Adib atoqli yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy haqidagi ilmiy izlanishlarini davom ettirib, 2010-yili “Mirzakalon Ismoiliy saboqlari” degan kitobini nashr ettirgan.
Shodmon Otabekning shoir va yozuvchilar hayotidan olib yozilgan, ustozlar – Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov soʻzboshi yozgan, toʻrt marta nashr qilingan “Doʻrmon hangomalari” kitobi mashhurdir. Bu kitob adabiy muhitning hazil-mutoyibalarga yoʻgʻrilgan bir tarixi sifatida ham qimmatli hisoblanadi.
Shodmon Otabekning asarlari rus, ukrain, qozoq, turk tillariga tarjima qilingan.
Yozuvchi “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q