
Siyosat
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 28-fevral kuni OAV uchun maxsus press-tur o‘tkazdi.
1949-yilda tashkil etilgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O‘zbekistonning 90 foizi kumushi va 20 foizi oltinini ishlab chiqaradi. Ushbu korxona mis ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda turadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi qaroriga muvofiq bu yerda yirik istiqbolli investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Yoshlik-1” koni ochilib, hozirda undan turli ma’danlar olinyapti. Kon hududi 11 ming gektarni tashkil qilib, kelajakda undan yiliga 65 million tonna qazilma boyliklar olinishi rejalashtirilmoqda. Bu nafaqat MDH, balki dunyo doirasida ham juda yuqori ko‘rsatkichdir.
“Yoshlik-1” koni ma’danlaridan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasi ham barpo etilmoqda. Uning qurilishiga 2021-yil 29-iyulda tamal toshi qoʻyilgan edi. Bugungi kunda ushbu fabrika yakuniy qurilish bosqichida. Unda o‘n minglab ishchilar mehnat qilyapti.
Hozirgi paytda 2030-yilgacha kombinatni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanib, amalga oshirilmoqda.
Mis – bugungi kunda eng talabgir rudalardan biriga aylangan. Covid pandemiyasidan so‘ng jahonda kuzatilgan mikrochiplar tanqisligi, misning dunyo bozoridagi narxini keskin ko‘tardi. Qolaversa, elektromobillardan foydalanish ko‘lamining oshishi misga bo‘lgan talabni yanada kuchaytiryapti.
OKMK qurayotgan “Yoshlik-1” koni va 3-mis boyitish fabrikasi O‘zbekistonning mis bozoridagi o‘rnini ko‘taradi va mamlakatni asosiy o‘yinchilardan biriga aylantiradi. Bu esa davlatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Press-tur yakunida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja ishtirok etdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q