Prezident farmoni bilan Gʻulomjon Yoqubov taqdirlandi

Saqlash
08:49 / 02.03.2025 304 0

Oʻzbekiston xalq artisti Yoqubov Gʻulomjon Tashpulatovich “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

 

Bu boʻyicha Prezident farmoni imzolandi.

 

“Oʻzining yorqin isteʼdodi, yuksak ijro mahorati, koʻp yillik samarali ijodiy faoliyati bilan oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼati va milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari oʻrtasida keng targʻib etish, boy maʼnaviy merosimizni asrab-avaylashga qoʻshgan munosib hissasi, yoshlarning qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, sanʼatga boʻlgan mehrini oshirish, farzandlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalq artisti, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi Yoqubov Gʻulomjon Tashpulatovich “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin“, deyiladi farmonda.

 

Mukofot kecha, xonandaning tugʻilgan kunida Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan topshirilgan.

 

Maʼlumot uchun, xonanda 1950-yil 1-mart kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. U aktyor ham hisoblanadi.

 

Yoqubov “Doʻstlik” (1996), “El-yurt hurmati” (1999) ordenlari bilan ham mukofotlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//