Yangihayot tumanida xotin-qizlar tadbirkorligiga bagʻishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Saqlash
18:32 / 28.02.2025 37 0

Yangihayot tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.

 

Unda tumandagi xotin-qizlarga oid amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, Yangihayot tumanida jami 184 ming 300 nafar aholining 88 ming 400 nafarini (47,9 foiz) ayollar tashkil qiladi.

 

Shundan 0,7 foizi tumandagi boshqaruv tashkilotlarining rahbar lavozimlarida ishlaydi.

 

Xotin-qizlarning katta ulushi taʼlim sohasiga toʻgʻri keladi – 34 foiz. Undan keyingi oʻrinda sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida turadi – 29 foiz.

 

Taʼkidlanishicha, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida orda qolgan davr mobaynida 305 nafar ayolga 6 mlrd 126 mln 894 ming soʻm mablagʻ ajratilgan. Hozirgi kunda 847 nafar yakka tartibdagi tadbirkorning 359 nafari (42,3 foizi) xotin-qizlar hisoblanadi.

 

 

30 yoshdan yuqori boʻlgan 5 324 nafar xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatilishi belgilangan boʻlib, ular “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Ularga tizimli tarzda moddiy va maʼnaviy turdagi yordamlar koʻrsatilib kelinmoqda. Jumladan, birgina uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash uchun koʻrsatilgan qoʻshimcha yordamlar bilan birgalikda 7 mlrd 151 mln 737 ming soʻmdan ortiq mablagʻ sarflangan. Bundan tashqari, “Ayollar daftari”ga ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand va tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan, boquvchisi boʻlmagan, ijtimoiy yordamga muhtoj va I va II guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar ham kiritilgan va ularga ham moddiy koʻmaklashilmoqda.

 

Bundan tashqari, tumanda “Oqila ayollar harakati” ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, kelgusida harakat aʼzolari va koʻcha boshilari keng jalb qilingan holda 30 ta nizoli oilalarda sogʻlom muhitni barqarorlashtirish hamda milliy qadriyatlarga asoslangan 50 ga yaqin targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

 

Xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida ham profilaktik hisobda turgan 137 nafar xotin-qizlar bilan targʻibot-tashviqot ishlari tashkil etilishi koʻzda tutilgan boʻlib, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish choralari koʻrilmoqda. 142 nafar amaldagi himoya orderi mavjud xotin-qizlarning nizoli holatlari ham bartaraf etilishi taʼminlanishi rejaga kiritilgan.

 

Endilikda tuman boʻyicha uyma-uy yurish orqali xotin-qizlar muammolarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish, bunda mahallalarda jamoatchilik nazoratini faollashtirish amaliyoti ham joriy etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//