2025-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori belgilandi

Saqlash
17:15 / 28.02.2025 60 0

Musulmonlar idorasi 2025-yilda zakot, fitr va fidya miqdori qancha boʻlishini maʼlum qildi.

 

Unga koʻra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 mln 200 ming soʻm qiymatidagi pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli boʻlsa, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

 

Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61 mln 200 ming soʻm deb belgiladi.

 

Fitr sadaqasi miqdori esa quyidagicha:

≈ 2 kg bugʻdoy unidan – 10 000 (oʻn ming) soʻm;

≈ 4 kg arpadan – 16 000 (oʻn olti ming) soʻm;

≈ 2 kg mayizdan – 110 000 (bir yuz oʻn ming) soʻm;

≈ 4 kg xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) soʻm.

 

Bunda har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa, kifoya qiladi.

 

Bir kunlik fidya miqdori ham fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil. Yaʼni har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida bersa boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//