Jamiyat
“Yangi Toshkent” qurilishida ishlash uchun xorijda mehnat qilayotgan oʻzbekistonliklar jalb qilinmoqda.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston hukumatining tashabbusi bilan boshlangan ushbu ulkan loyiha doirasida 10 mingga yaqin ish oʻrinlari yaratilish arafasida.
Xabarga koʻra, qurilish sohasida tajribaga ega boʻlgan fuqarolar quyidagi 38 yoʻnalish boʻyicha ishga qabul qilinadi:
🔹 Betonchi;
🔹 Suvoqchi;
🔹 Santexnik;
🔹 Elektrik;
🔹 Gʻisht teruvchi;
🔹 Hamda boshqa qurilish mutaxassislari.
Bunda ish haqi 8-15 million soʻm miqdorida belgilanib, barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
“Oʻz yurtingizga qaytib, oila davrasida ishlash va munosib daromad topish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!”, deyiladi xabarda.
Xorijdagi yurtdoshlarimiz qoʻshimcha maʼlumot olish va ishga joylashish uchun 0 800 0000 1176 raqamiga, mamlakatdagi fuqarolar esa 1176 murojaat qilishlari mumkin.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109961
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q