
Siyosat
31 yoshli Azizbek Turdimurodov Sirdaryo tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
A.Turdimurodov 1994-yil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug‘ilgan. 2019-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2022-yilda esa O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tamomlagan. Mutaxassisligi axborot texnologiyalari va servis, loyihalarni boshqarish bolgan hokim bugunga qadar Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
Shuningdek, Sirdaryoda yana bir qator tayinlovlar amalga oshirildi:
Kushakov Faxriddin Baxtiyarovich Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Umarov Abdurahim Abdulhamidovich Mirzaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Turdimurodov Azizbek Sirdaryo tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.
Jurayev Olimjon Urazaliyevich Guliston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. U shu kunga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan
Suvonov Xusnitdin Yaxshilikovich Oqoltin tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. U ilgari tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q