Pedagoglarga qanday tartibda qoʻshimcha ustama toʻlanishi ochiqlandi

Saqlash
12:00 / 28.02.2025 1290 0

28-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga doir Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tafsiloti boʻyicha brifing boʻlib oʻtdi.

 

Attestatsiyada 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 70 foiz miqdorida ustama toʻlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

 

Qayd etilishicha, qoʻshimcha ustama faqat oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan pedagoglarga ikki yil davomida beriladi. Shuningdek, 2025-yildan boshlab barcha pedagoglar, jumladan, psixologlar va muayyan talablarga javob beruvchi ustozlar ham attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ularga oʻz malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi. 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab musiqa, jismoniy tarbiya va oliy maʼlumotga ega boʻlmagan pedagoglar uchun ham attestatsiya joriy etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 243
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//