Jamiyat
Guliston tumanida oʻtkazilgan Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Guliston tumani hokimini tanqid qildi.
Turdimov oʻz nutqida tumanda kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash, yangi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, eksport hamda qator sohalar boʻyicha qoloqlikka yoʻl qoʻyilayotganligini taʼkidlab, tumanni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish borasida tuman birinchi rahbarining harakatlari yetarli emasligini bildirgan.
Tumandagi ishga solinmagan imkoniyatlar boʻyicha deputatlar ham oʻz fikrlarini bildirgan. Tashkiliy masala koʻrib chiqilgan sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Mamadaminov Oʻlmasjon Yarmaxammatovich egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Joʻrayev Olimjon Oʻrazaliyevich nomzodi esa deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan.

Maʼlumot oʻrnida, Joʻrayev 1982-yilda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. Uning mutaxassisligi iqtisodchi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109961
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q