
Jamiyat
Oʻzbekiston boʻyicha mart oyining birinchi oʻn kunligi boshida nisbatan sovuq havo boʻlishi kutilmoqda.
Harorat asosan kechalari -3 daraja sovuq– +2 daraja iliq boʻladi, kunduz kunlari +7– +10 daraja iliqdan 0– +3 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi.
2–3-mart kunlari respublikaning baʼzi joylarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Respublika shimolida 1-mart kuni qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Havo harorati kechalari -2– -7 daraja sovuqdan -7– -12 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0– -5 daraja sovuqdan +3– +8 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi.
Birinchi oʻn kunlikning ikkinchi yarmida havo harorati meʼyoriy qiymatlargacha — kechalari +3– +8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +10– +15 daraja iliqqacha koʻtariladi.
8–10-mart kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda yana yogʻingarchilik (yomgʻir koʻrinishida) boʻlishi kutilmoqda.
Keyinchalik mart oyining oxirigacha harorat kechalari +7– +12 daraja iliqdan -2 daraja sovuq– +3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +17– +22 daraja iliqdan +5– +10 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda. Respublika janubida eng iliq kunlarda havo harorati +25– +27 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Jahon prognozlash markazlari hisoblariga asoslangan holda taqdim qilingan Oʻzgidrometning dastlabki hisoblariga koʻra, umuman mart oyi biroz iliq oy deb baholanmoqda. Oʻrtacha oylik havo harorati meʼyor atrofida, baʼzi joylarda meʼyordan 1-1,5 darajaga yuqori boʻlishi kutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q