
Siyosat
Ufuk Ulutash Turkiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
27-fevral kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ufuk Ulutashdan ishonch yorliq nusxalarini qabul qildi va diplomatni ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, diplomatik missiyasida muvaffaqiyat tiladi.
“Oʻzbekiston-Turkiya nafaqat ikki tomonlama sheriklik darajasida, balki mintaqaviy hamkorlik yoʻnalishida ham faol ishlamoqda. Ishonchimiz komilki, birgalikdagi saʻy-harakatlarimiz har ikki mamlakat ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladi” deb yozdi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram sahifasida.
Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchisi lavozimida 2021-yil mart oyidan beri Olgan Bekar ishlab kelayotgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q