Jamiyat
Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida fuqaroga daraxtlarni noqonuniy kesgani uchun 18 mln 375 ming soʻm jarima solindi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, J.T. oʻzi yashaydigan Qaraxoni mahallasidagi 5 tup manzarali terak daraxtini oʻzboshimchalik bilan kesib tashlagan.
Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish) bilan 9 mln 372 ming soʻm jarima hamda tabiatga yetkazilgan 9 mln soʻm zarar hisoblangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
112183
Jamiyat
94869
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q