
Siyosat
Rossiyada ota-ona qaramogʻisiz qolgan 2 nafar bola Moskva shahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlarining koʻmagi bilan Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʻlum boʻlishicha, ulardan biri 2023-yildan buyon mehnat migratsiyasida, 9-sinf oʻquvchisi boʻlganidayoq opasining turmush oʻrtogʻi bilan Moskvaga borib, dastlab farrosh, keyinchalik esa qahvaxonada idish-tovoq yuvuvchi sifatida ishlab yurgan.
Ikkinchisi esa ota-onasining ishonchnomasi asosida Rossiyaga borgan. Ikkala fuqaro ham politsiya tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida qoʻlga olinib, Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga yuborilgan.
Agentlik Oʻzbekiston hududidan bolalarni kuzatib borish uchun berilgan ishonchnoma boshqa davlat hududida bolaning qonuniy vakili boʻlish huquqini bermasligini eslatib oʻtdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q