
Jamiyat
26-fevral kuni jurnalist Alisher Roʻzioxunov vafot etdi. Bu haqda marhumning yaqin hamkasbi Ilyos Safarov Facebookʻdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Alisher Roʻzioxunovdan ajralib qoldik. U mening Toshkentga kelib topgan eng yaqin insonlarimdan biri, koʻpchilik faoliyatiga, bilimiga havas qiladigan salohiyatli jurnalist edi. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Yuragim yonib ketyapti. Boshqa narsa yozolmayman”, — deya post qoldirdi Ilyos Safarov.
Maʼlum boʻlishicha, jurnalist oxirgi vaqtlarda ogʻir kasallik bilan ogʻriyotgan boʻlgan. Yana boshqalar kecha kechki payt uning qon bosimi pastlab, jonlantirish boʻlimiga joylashtirilganini aytgan.
Iqtidorli jurnalist Alisher Roʻzioxunov Kun.uz saytida bir necha yil samarali mehnat qilgan. U faoliyati davomida davlat va jamiyat rivoji yoʻlida yuzlab ijodiy materiallar tayyorlagan. U shuningdek, davlat tashkilotlari xodimlarini bilan “Munozara klubi” kabi loyihalar tashkil qilgan.
Oyina.uz marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya va hamdardlik bildiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q