Siyosat
Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli toʻplami imzolandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif koʻp qirrali Oʻzbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qoʻshma deklaratsiya imzolangan.
Shuningdek, tomonlar ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolagan.
Ikki mamlakat yetakchilari huzurida imzolangan quyidagi hujjatlar almashildi:
- Fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari toʻgʻrisida bitim;
- Ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Professional taʼlim sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Milliy axborot agentliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar va ahdlashuvlar hamda boshqa hujjatlar.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111764
Jamiyat
94666
Jamiyat
90659
Jamiyat
75258
Jamiyat
//
Izoh yo‘q