Siyosat
Bir qator viloyat tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bular:
Xurshid Nazarov Jomboy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U shu paytgacha Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Buranov Maxsud Erkinovich Nurobod tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Xidirov Abror Abduazimovich Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Xushbaqov Qayum Norbekovich Paxtachi tumani hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq Muborak tumani hokimi lavozimiga Murodov Gʻolib Neʼmatovich tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112206
Jamiyat
94883
Jamiyat
90971
Jamiyat
75752
Jamiyat
//
Izoh yo‘q