
Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishida homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan muhokama qilindi.
Ushbu qonun loyihasi homiylik faoliyati subyektlariga nisbatan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish, homiylik tashkilotlarining faoliyati ochiqligini va fuqarolarning ularga nisbatan ishonchini oshirish hamda homiylik faoliyatini amalga oshirish uchun pul mablagʻlarini yigʻishni qonuniy tartibga solishni nazarda tutadi.
Loyihada homiylikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha mexanizmlari, homiylik xayriyalarini yigʻish, xayriya qutisini oʻrnatish va undan foydalanish tartiblari, shuningdek, homiylik xayriyalari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish va bu jarayonning ochiqligini taʼminlash shartlari belgilanmoqda.
Yigʻilishda mazkur hujjatning qabul qilinishi homiylik xayriyalarini yigʻish tartibini buzishning oldini olishi, homiylik tashkilotlari faoliyatining shaffofligini taʼminlashi hamda ularga nisbatan fuqarolarning ishonchini ortishiga xizmat qilishi taʼkidlangan.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q