
Jamiyat
Migratsiya agentligi Germaniyaning PersonaFAIRmittlung tashkiloti bilan hamkorlikda avtobus haydovchilari uchun ish oʻrinlarini taklif qilmoqda.
Bunda oylik jami 3000 yevro boʻlib, soliqlar ushlab qolinishi bilan 2000 yevro atrofida boʻladi.
Nomzodlarga quyidagi talablarga koʻra tanlab olinadi:
▪️yosh chegarasi: 23–43;
▪️B, C haydovchilik guvohnomasi;
▪️nemis tilidan A2 yoki B1 daraja xalqaro til sertifikati;
▪️sudlanmagan va jismonan sogʻlom boʻlishi.
Beriladigan imtiyozlar:
▪️vizani rasmiylashtirish;
▪️aviachipta;
▪️aeroportdan ish joyigacha transfer.
Hozirda taklif etilayotgan boʻsh ish oʻrinlari 300 ta.
Maʼlumot uchun, tanlab olingan nomzodlarga Germaniyaga joʻnab ketish oldidan (viza jarayoni boshlanganda 1 oy) SBH West tashkiloti koʻmagida “Vatanparvar” markazida kasbiy nemis tili oʻqitiladi va qayta tayyorlov kurslari oʻtkaziladi.
Mazkur havola orqali talabgorlar roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q