Jamiyat
Eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni xorijiy tillardan oʻzbek tiliga oʻgirish va chop etini maqsad qilgan “1000KITOB” loyihasi rahbariyati kontent-menejer hamda tashkiliy-moliyaviy menejerlik boʻyicha vakant oʻrinlar haqida e'lon qilgan edi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur lavozimlarda ishlash istagini bildirib 300 nafardan ortiq nomzod oʻz maʼlumotlarini taqdim etgan.
Nomzodlarni tanlab olish 2 bosqichda amalga oshirilgan.
Birinchi bosqichda nomzodlar faoliyati belgilangan talablar boʻyicha oʻrganib chiqilgan.
Navbatdagi bosqichda nomzodlar orasidan eng munosiblari Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan suhbat asosida tanlab olingan.
Yakunda tilshunos, tarixchi, OʻzR FA Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi Eldar Asanov “1000KITOB” loyihasi kontent-menejeri lavozimiga, “Asaxiy Books” nashriyotida 6-yil mobaynida moliyaviy menejer sifatida faoliyat yuritgan Nazirbek Xudoyorov esa tashkiliy-moliyaviy menejer lavozimiga tayinlangan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
112431
Jamiyat
95091
Jamiyat
91310
Jamiyat
76009
Jamiyat
//
Izoh yo‘q