
Jamiyat
Oʻzgidromet 24–28-fevral kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unda yozilishicha, dam olish kunlarida kuzatilgan bahoriy iliq ob-havodan soʻng, ushbu hafta davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha ob-havo keskin oʻzgarishi kutilmoqda.
Jumladan, respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 24–25-fevral kunlari shimolda va choʻl hududlarda, 26-fevralda esa respublikaning qolgan hududlarida yomgʻir qorga aylanadi. Baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻladi.
Ayrim joylarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha boʻlishi, baʼzida 23–25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
25–27-fevral kunlari harorat 0– +5 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
26–27-fevral kunlariga kelib, kechalari harorat 0– -5 daraja sovuqqacha pastlaydi.
Ish haftasi davomida respublika shimolida harorat asosan kechalari -4– -9 daraja sovuq, kunduz kunlari -3 daraja sovuq– +2 daraja iliq boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi.
Toshkent shahrida bugun kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 25–28-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanadi) boʻladi.
Havo harorati ertaga +11– +13 daraja iliq boʻladi. 26–28-fevralda +2– +5 daraja iliqqacha pasayadi. 27–28-fevralga kelib, harorat kechalari 0– -3 daraja sovuqqacha asta-sekin pastlab boradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q