Ustama olishni xohlovchi pedagoglar uchun yangi tartib yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
14:44 / 24.02.2025 577 0

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Vazir jamgʻarmasidan ustama berish tartibiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Hukumatning yangi qaror loyihasi tayyorlanmoqda.

 

Unga koʻra, endilikda barcha pedagoglar mazkur ustamani olishga daʼvogarlik qilishi mumkin.

 

Taʼkidlanishicha, kelgusi yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi uchun tashkil etiladigan birinchi bosqich (test) sinovlari oʻtkazilmaydi.

 

Bunda malaka sinovlarining birinchi bosqich natijalariga koʻra umumiy ballning kamida 80 foizini qoʻlga kiritgan fan oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari orasidan eng yuqori natijani koʻrsatgan uchta nomzod keyingi bosqichga nomzodlar sifatida tanlab olinadi (hududlar kesimida fan yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlangan har bitta kvota uchun).

 

2026-yilgi Vazir jamgʻarmasidan ustama oluvchi nomzodlar esa joriy yilgi malaka sinovlari ishtirokchilari orasidan tanlanadi.

 

“Shunday ekan, bu yil oʻtkaziladigan malaka sinovlarida faol ishtirok eting”, deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot uchun, yanvar iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilayotgan murojaatlar:

▪️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;

 

▪️ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

 

▪️ Davlat xizmatlari markazlari orqali 2025-yil 1-martga qadar qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//